12 aprel kuni huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbiri o`tkazildi.
O`zbekiston tumani hokimligining qishloq xo`jaligi bo`limi er nazorati inspektori hokimiyat balansida bo`lgan qishloq xo`jaligi maqsadlari uchun mo`ljallangan erlardan 3 gektarini ochiq elektron platformasi orqali yutib berish evaziga tadbirga jalb qilingan maxsus xaridordan 4000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo`lga olinib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.
To`plangan hujjatlarga asosan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Farg`ona viloyati boshqarmasi tomonidan JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 25-modda orqali 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






