AsosiyJamiyat

Toshkentda maktab imtihoni uchun o`quvchilarga egulik olib kelish buyurilgani aytilmoqda

'Toshkentda maktab imtihoni uchun o`quvchilarga egulik olib kelish buyurilgani aytilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumanidagi 308-sonli umumta`lim maktabida imtihon jarayonlariga non,  norin va shunga o`xshash eguliklar sinf rahbarlari tomonidan o`quvchilarga qog`ozga yozib berilgani bo`yicha xabar tarqaldi. Holat yuzasidan shahar maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan ishchi guruh o`rganish olib borgan va yakunda yuqoridagi xabar o`z isbotini topmagan.

“Maktab pedagoglari va ota-onalar  bilan suhbat o`tkazildi. Unda ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan asossiz va yolg`on xabar pedagoglar sha`niga hurmatsizlikdan boshqa narsa emasligi ta`kidlab o`tildi”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar