AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida 9 qavatli uy sifatsiz qurilayotgani aytildi(video)

'Toshkent viloyatida 9 qavatli uy sifatsiz qurilayotgani aytildi(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Olmaliq shahrida qurilayotgan 9 qavatli uyning holati tasvirlangan videolavha tarqaldi. Lavhada yangi qurilayotgan uyning armaturalari sifatsiz ekani, yotqizilgan beton esa ko`chib ketayotgani haqida aytilgan. Holat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi munosabat bildirdi
 

Ma`lum qilinishicha, holat Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan o`rganilmoqda. 

“Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra ob`ektda qurilish-montaj ishlari to`xtatilgan hamda tegishli organlarga taqdim etish uchun zarur hujjatlar to`planmoqda. Yanada to`liq tafsilotlar haqida tez orada ma`lumot beramiz”, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar