Ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyati Xonobod shahar hokimligida ishlovchi xodim to`rt joyidan pichoqlab ketilgani va shundan so`ng operasiya qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
Ma`lum qilinishicha, 15 aprel kuni Xonobod shahrida sodir bo`lgan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o`ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Jinoyat ishi bo`yicha 1 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Xozirda shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.






