AsosiyJamiyat

Andijonda pichoqlangan shaxs hokimiyatda emas, Respublikadagi qo`mitalarning birida ishlaydi — Bosh prokuratura

'Andijonda pichoqlangan shaxs hokimiyatda emas, Respublikadagi qo`mitalarning birida ishlaydi — Bosh prokuratura'ning rasmi

Avvalroq, Xonobod shahar hokimligi xodimi pichoqlangani to`g`risida xabar bergan edik.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning "Darakchi.uz'ga ma`lum qilishicha, pichoqlangan shaxs hokimiyat xodimi emas. U Respublikadagi qo`mitalarning birida faoliyat yuritadi. «Tergov jarayoni va shaxsga tashqi ta`sir bo`lmasligi uchun uning aniq ish joyini ochiqlay olmayman. Fuqaro tirik qolgan», — deya ma`lum qildi Hayot Shamsutdinov.

Andijon viloyati prokuraturasi axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 15 aprel kuni Andijon viloyati Xonobod shahrida sodir bo`lgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko`rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) hamda 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

«Jinoyat ishi yuzasidan 1 nafar shaxs gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi (Ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan», — deyiladi axborotda.

Ta`kidlanishicha, hozirda jinoyat ishi yuzasidan Xonobod shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar