AsosiyJamiyat

Anqara — Toshkent — Anqara yo`nalishida parvozlar boshlandi

'Anqara — Toshkent — Anqara yo`nalishida parvozlar boshlandi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Turkiyaning AnadoluJet kompaniyasi tomonidan Anqara va Toshkent o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri reyslar qo`yilmoqda. 

Bugun, 18 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 05:11 da Turkiyaning AnadoluJet  aviakompaniyasi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo`ndi va yangi: Anqara — Toshkent — Anqara yo`lovchi yo`nalishini ochdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda. 

An`anaga ko`ra, Boeing 737-800 rusumidagi samolyot suv arkasi bilan, ekipaj a`zolari va 160 nafar yo`lovchilar esa “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati, Turkiyaning O`zbekistondagi elchisi, Turizm hamda Transport vazirliklari va aviakompaniya vakillari tomonidan karnay va surnay sadolari ostida, gullar bilan tantanali ravishda kutib olindi.

Ushbu yo`nalishdagi reyslar haftada bir marta — dushanba kunlari muntazam ravishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ma`lumot uchun: AnadoluJet — bosh qarorgohi Anqarada joylashgan, Turkish Airlines loyihasi bo`lgan turk aviakompaniyasi. Aviakompaniya parkida 59 ta samolyot mavjud bo`lib, ular 89 ta yo`nalishda ichki va xalqaro parvozlarni amalga oshiradi.

    Boshqa yangiliklar