Namangan viloyati Chust tumanidagi 11-umumta`lim maktabida jismoniy tarbiya muallimi bo`lib ishlab kelayotgan Shuhratbek Rahmonov avtomobilsozlik sohasida katta yutuqlarga erishmoqda.
U tomonidan yaratilgan yuk tashuvchi motosikl, katta tezlikka moslashtirilgan kvadrasikl, kichik avtomashina ko`rinishidagi ixtirolari ko`pchilikka ma`qul tushgan.
Qayd etilishicha, o`tgan yili Toshkentda o`tkazilgan ko`rgazmada namoyish etilgan sport avtomobili – “Baggi” uchun Innovasion rivojlanish agentligi tomonidan 76,5 million so`m mablag` ajratilgan.
Bir yil ichida yo`l tanlamas, ya`ni, botqoqlik, tog`li va boshqa notekis yo`llarda bemalol harakatlana oladigan ixcham transport vositasini ixtiro qilgan.
Hozirda u yana yangi loyihalar ustida ish olib borilayotgani aytilmoqda.






