AsosiyJamiyat

Samarqandlik san`atkor “Xafa bo`lish yo`q” ko`rsatuviga chiqaman deb chuv tushdi(video)

'Samarqandlik san`atkor “Xafa bo`lish yo`q” ko`rsatuviga chiqaman deb chuv tushdi(video)'ning rasmi

Samarqandda noma`lum shaxs san`atkorga telefon qilib, o`zini "Zo`rTV" telekanalida efirga uzatiladigan “Xafa bo`lish yo`q” ko`rsatuvining boshlovchisi ekanligini aytadi va undan ko`rsatuvga chiqarish uchun 1,5 mln pul so`raydi. Unga ishongan san`atkor so`ralgan pulni firibgarning plastik kartasiga o`tkazib beradi. 

Pulni olib g`oyib bo`lgan “ko`rsatuv boshlovchisi” viloyat IIB Kiberxavfsizlik bo`limi xodimlari tomonidan Andijon viloyati Marhamat tumanidan topildi. 36 yoshli firibgar tergov davomida qilmishiga iqror bo`lib, qo`lga kiritilgan pullarni o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganini aytgan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar