Rustam Abdulahatovich Yusupov Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimi Shavkat Umrzoqovning tegishli farmoyishi imzolangan.
Ma`lumot uchun: Rustam Yusupov 1986 yil 12 noyabrda Namangan viloyati Chortoq tumanida tavallud topgan. Toshkent davlat agrar universiteti (2008) va O`zbekiston prezidenti qoshidagi davlat boshqaruv akademiyasini (2020) tamomlagan.
2007 yildan 2020 yilgacha Yunusobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasida faoliyat yuritgan .
2020 yildan shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasiga rahbarining birinchi o`rinbosari bo`lib ishlagan.
2022 yildan Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilgandi.






