Mamlakatimizga kirib kelayotgan xorijliksayyohlar sonini ko`paytirish mamlakatimizdaturizm xizmatlarining eksportini oshishida vayangi ish o`rinlari yaratilishida muhim o`rin tutadi. Shu boisdan, bu borada yangi loyihalarustida ishlanib, xorijiy kompaniyalar bilanto`g`ridan-to`g`ri muzokaralar o`tkazilmoqda.
Jumladan, Madaniyat va turizm vaziriningbirinchi o`rinbosari Ulug`bek Azamov “WizzAir AbuDhabi” aviakompaniyasi boshqaruvi direktoriYoxan Eydxagen hamda aviakompaniya mutasaddixodimlari bilan uchrashuv o`tkazdi.
Uchrashuv davomida xorijiy tomongamamlakatimizning turistik salohiyati, yaratilganqulay sharoitlar va taqdim etilayotgan imtiyozlarto`g`risida batafsil ma`lumot berildi.
Bundan tashqari, ikki tomonlama muloqotdaaviakompaniyaning O`zbekiston bozoridagifaoliyati bilan bog`liq muammolar, kelgusirejalar va hamkorlik aloqalarinirivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Eydxagenning qayd etishicha, O`zbekistondaturistik sohani rivojlantirish uchun ulkansalohiyat va barcha shart-sharoitlar mavjud. Yildanyilga nafaqat tashqi va ichki turizmda, balki harsohada rivojlanish tendensiyalari tobora ortibbormoqda.
Shundan kelib chiqib, “WizzAir Abu Dhabi” aviakompaniyasi bilan 2023 yilda mamlakatimizgayangi yo`nalishlar ochish va Abu-DabidanO`zbekistonning turistik shaharlarigaaviareyslar sonini oshirish rejalashtirilganima`lum qilindi.
Ma`lumot uchun: Hozirgi kunda “WizzAir AbuDhabi” aviakompaniyasi haftasiga 3 marotaba “Abu-Dabi – Toshkent - Abu-Dabi” va haftasiga 4 marotaba “Abu-Dabi – Samarqand - Abu-Dabi” yo`nalishlarida parvozlarni amalga oshiribkelmoqda.
Muzokaralar yakuniga ko`ra, Madaniyat va turizm vazirligi va “WizzAir Abu Dhabi” aviakompaniyasio`rtasida muntazam axborot almashinuvini yo`lgaqo`yish, aviakompaniya havo kemalarida va veb-resurslarida O`zbekistonning turizm salohiyatinitarg`ib qilish, istiqbolli aviayo`nalishlarnihamkorlikda ishlab chiqish hamda yaqin kelajakdao`zaro hamkorlik to`g`risida Bitim imzolash kabikelishuvlarga erishildi.






