AsosiyJamiyat

Oliy sud yana 208 nafar qatag`on qurbonlari nomini oqladi

'Oliy sud yana 208 nafar qatag`on qurbonlari nomini oqladi'ning rasmi

19 aprel kuni Oliy sud tomonidan 208 nafar shaxsga oid 3 ta jinoyat ishi ko`rib chiqildi. 

Ma`lum qilinishicha, bosh prokuror o`rinbosari ushbu jinoyat ishlari yuzasidan Oliy sudning Jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`atiga apellyasiya protestini berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnomalar hamda apellyasiya tartibida protestlar keltirgan.

Ma`lum bo`lishicha, O`rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Uchlik Kengashining 1930-31 yildagi maxsus yig`ilishlar qarorlari bilan o`nlab yurtdoshlarimiz otuvga hukm qilingan, yuzlab insonlar esa konslagerlarga surgun qilingan.

Ushbu jinoyat ishlari doirasida Oliy sud raisi o`rinbosari Ikrom Muslimov raisligida o`tkazilgan ochiq sud majlisida iltimosnoma va protestlar qanoatlantirildi. JPK 83-moddasiga asosan jami 3 ta jinoyat ishi bo`yicha 208 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud apellyasiya instansiyasining oqlov hukmi chiqarildi.

Eslatib o`tamiz, bunga qadar qatag`on qurbonlarining nomlarini oqlash va ularning xotirasini abadiylashtirish masalalari bo`yicha Oliy sudda tuzilgan ishchi guruhi sa`y-harakati tufayli sovet davrida qatag`on qilingan 408 nafar vatandoshimiz oqlangan edi. Shu bilan jami oqlanganlar soni 616 nafarga etdi.

2023 yil 19 aprel kuni Oliy sudning hukmi bilan reabilitasiya qilinib, oqlangan qatag`on qurbonlari ro`yxati.

    Boshqa yangiliklar