Ramazon hayitining birinchi kuni – 21 aprelda poytaxtdagi 116 ta masjidda hayit namozi o`qilishi kutilmoqda.
Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o`tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoitlarni yaratish va ularning xavfsizligini ta`minlash maqsadida 21 aprel soat 00:00 dan 7.30 gacha poytaxtning quyidagi ko`chalarida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to`xtatiladi:
Bektemir tumani:
“Xo`ton”" masjidi oldidagi Bektemir shoh ko`chasi - Husayn Boyqaro ko`chasidan Bektemir yo`li ko`chasigacha;
Mirzo Ulug`bek tumani:
"To`ra buva" masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo`li ko`chasi - Sho`rtepa ko`chasidan Buyuk Ipak yo`li - Sultoniya ko`chasigacha;
Mirobod tumani:
“Qo`yliq ota” masjidi oldidagi TXAY – Qo`yliq bozori ko`prik ostidan TXAY va Munis chorrahasigacha;
Olmazor tumani:
“Islomobod” masjidi oldidagi KXAY ko`chasi - KXAY– Sag`bon ko`chalari kesishmasidan Nurafshon - Sag`bon ko`chalari kesishmasigacha.
"Hazrati imom" masjidi oldidagi Qorasaroy ko`chasi – Qorasaroy – Nurafshon ko`chalari kesishmasidan Qorasaroy – Abdulla Qodiriy ko`chalari kesishmasigacha;
Shayxontohur tumani:
“Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Ko`kcha darvoza ko`chasi Ko`kcha Darvoza – Nurafshon ko`chalari chorrahasidan Ko`kcha Darvoza – Beshqayrag`och ko`chalari chorrahasigacha;
"Xo`ja Alambardor" masjidi oldidagi Bunyodkor shoh ko`chasi Bunyodkor – Kamolon ko`chalari kesishmasidan Kamolon – Ustazoda 2-tor ko`chalari kesishmasigacha;
“Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor ko`chasi – Nurafshon – Sebzor ko`chalari kesishmasidan Nurafshon – Labzak ko`chalari kesishmasigacha;
Chilonzor tumani:
“Ubay ibn Ka`b” masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko`chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko`chalari kesishmasidan Al Xorazmiy – Katta qani kesishmasigacha;
"Katta Qozirobod" masjidi oldidagi Chilonzor ko`chasi – Chilonzor – Cho`ponota ko`chalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon ko`chalari chorrahasigacha;
“Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi So`galli ota ko`chasi – Al-Xorazmiy – So`galli ota ko`chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk – So`galli ota ko`chalari kesishmasigacha;
“Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor shoh ko`chasi Bunyodkor-Muqimiy ko`chalari kesishgan ko`prik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha;
Uchtepa tumani:
“Abdulloh ibn Ma`sud” masjidi oldidagi Lutfiy ko`chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko`chalari kesishmasidan Lutfiy – Katta qa`ni ko`chalari kesishmasigacha.
"Hazrati Ali” masjidi oldidagi Nazarbek ko`chasi Nazarbek – Mahorat ko`chalari kesishmasidan Nazarbek – Zamaxshariy 1-tor ko`chalari kesishmasigacha;
Yunusobod tumani:
“Minor” masjidi oldidagi KXAY – KXAY va Ko`rgazma ko`chalari kesishmasidan KXAY –Sh.Rashidov ko`chalari kesishmasigacha.
“Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bog`ishamol ko`chasi – Bog`ishamol ko`chasidan Shivli ko`chasigacha.
Yakkasaroy tumani:
“Usmon bin Ma`zun” masjidi oldidagi KXAY ko`chasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Fayzli Toshkent ko`chalari kesishmasigacha.
Yashnobod tumani:
“Islom ota” masjidi oldidagi Farg`ona yo`li ko`chasi – Farg`ona yo`li – Fitrat ko`chalari kesishmasidan Farg`ona yo`li – Tolimarjon ko`chalari kesishmasigacha.
"Ali ibn Abu Tolib" masjidi oldidagi Cho`lpon ko`chasi - Imom Buxoriy - Cho`lpon ko`chalari kesishmasidan Cho`lpon - Salohiyat ko`chalari kesishmasigacha.
Masjidlar joylashgan boshqa ko`chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
Fuqarolardan uzr so`ragan holda, vaqtincha aylanma yo`llardan foydalanish tavsiya etilmoqda.






