Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryo suv ta`minoti” MChJ Boysun tuman bo`limi xodimlariga ish haqi berilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan «O`zsuvta`minot» AJ rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda viloyat bo`yicha ichimlik va oqava suvdan debitor qarzdorlik 55 mlrd 047 ming so`mni tashkil etmoqda. Shundan aholi qarzdorligi 52 mlrd 247 mln so`mni, yuridik va byudjet tashkilotlar qarzdorligi 2 mlrd 800 mln so`mni tashkil qiladi. Bu esa jamiyat ishchi xodimlarining 22 oylik oylik ish haqqi fondiga yoki 12 oylik suv iste`moliga teng.
Ta`kidlanishicha, iste`molchilar to`lovlarni o`z vaqtida amalga oshirmagani bois tashkilot xodimlariga oylik maosh to`lovlarida kechikish yuzaga kelmoqda. Hozirda ushbu to`lovlarni amalga oshirish uchun kredit mablag`lari jalb qilinmoqda.
“25 aprelga qadar tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar maoshi 1 aprel holatiga to`liq to`lab berish choralari ko`rilmoqda”, — deyiladi xabarda.






