Biroz avval ijtimoiy tarmoqlarda “Buxoroda begona erkakni o`zini eri deb tilanchilik bilan shug`ullanib kelgan firibgar ayol qo`lga olindi” sarlavhasi ostida videolavha tarqaldi.
Mazkur video lavha Buxoro shahar IIO FMB da tegishli tartibda qayddan o`tkazilib, kechiktirib bo`lmas tezkor surishtiruv harakatlari olib borildi.
Aniqlanishicha, 1985 yilda tug`ilgan, Romitan tumani "Bog`isaydon" mahallasida yashovchi X.S. ismli ayol tumanning "Hofizrabot" mahallasida yashovchi, 1985 yilda tug`ilgan boshqa bir A.N. ismli erkakning xastalanib yotgani aks etgan rasmini ijtimoiy tarmoqlardan ko`chirib olib, “Mening turmush o`rtog`im og`ir betob, jigar serrozi kasalligiga chalingan” deya Buxoro shahridagi “Abu Xafs Kabir” (Hojatbaror) jome masjidiga kirish joyida ziyoratga kelgan fuqarolardan tilanchilik qilib kelgan.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tekshiruv yakuni bo`yicha qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik masalalari hal etiladi, deyiladi xabarda.






