O`zbekistonda ozuqaviy mikronutrientlar tanqisligi 6 oydan 23 oygacha bo`lgan bolalar o`rtasida eng ko`p qayd qilingan. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ularni zarur vitamin va minerallar bilan ta`minlash maqsadida Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan mamlakatda ilk bor “Bolaning sog`lom ovqatlanish haftaligi” o`tkazilmoqda.
Haftalik doirasida 17,3 mingta tibbiy brigadalar va 34,6 ming nafar patronaj hamshiralari tomonidan 1 million 878 ming nafardan ziyod 6-23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlanadigan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutrient kukunlari topshiriladi.






