AsosiyJinoyat

Qorako`lda maktab direktori pora bilan ushlandi

'Qorako`lda maktab direktori pora bilan ushlandi'ning rasmi

Buxoro viloyati Qorako`l tumanida maktab direktori tomonidan sodir etilgan firibgarlik jinoyati fosh etildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qorako`l tumanidagi umumta`lim maktablaridan birining rahbari 1965 yilda tug`ilgan J.F. o`z xizmat mavqeidan foydalanib, boshqa fuqarolar B.M. ismli erkakni maktab qoruvuli, N.S. ismli ayolni farrosh vazifasiga ishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan. U evaziga ushbu maktab xo`jalik ishlari bo`yicha mudirasi X.G. orqali ularning bir oylik maoshlari miqdoriga teng 900 000 so`m (kimyoviy ishlov berilgan) pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar