AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatidagi chegara-bojxona postining barcha xodimlari ishdan bo`shatildimi? Tarqalayotgan xabarlarga oydinlik kiritildi

'Toshkent viloyatidagi chegara-bojxona postining barcha xodimlari ishdan bo`shatildimi? Tarqalayotgan xabarlarga oydinlik kiritildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi S.Najimov chegara-bojxona postining barcha xodimlari ishdan bo`shatilayotganligi haqida xabar tarqaldi.

Ushbu xabarlar Bojxona qo`mitasining tegishli tarkibiy tuzilmalari  tomonidan o`rganib chiqildi, deya munosabat bildirmoqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi. 

Ma`lum qilinishicha, 2023 yil 4 aprel kuni S.Najimov postida yuklarni  bojxona nazoratidan o`tkazishda kamchiliklarga yo`l qo`yilganligi aniqlanib, mazkur holat bo`yicha Bojxona qo`mitasi tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Ushbu postning barcha xodimlari ishdan bo`shatilayotganligi haqidagi xabarlar haqiqatga to`g`ri kelmaydi.

Mazkur holat bo`yicha tegishli chora ko`rish xizmat tekshiruvi yakunlari bo`yicha ko`rib chiqiladi.

 

    Boshqa yangiliklar