AsosiyJamiyat

Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichidan o`tolmagan o`quvchilar ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi(video)

'Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichidan o`tolmagan o`quvchilar ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi(video)'ning rasmi

Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichidan o`tolmagan o`quvchilar ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta`lim mussasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo`rabek Jangirov ma`lum qildi. 

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2023/2024 o`quv yili uchun o`quvchilarni qabul qilish quyidagicha bo`ladi: 

  • aniq fanlar yo`nalishiga qabul 5 – 11-sinflarga, 
  • tabiiy fanlar yo`nalishiga 7 –11-sinflarga, 
  • keyingi o`quv yillarida 5 va 7-sinflarga amalga oshiriladi.

 

Har bir sinfga 24 nafardan o`quvchilar qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari natijalari Agentlik tomonidan ommaviy axborot vositalarida imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun mobaynida e`lon qilinadi.

 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kirish imtihonlaridan o`tgan o`quvchilar to`liq bepul ta`lim olishadi.

Kirish imtihonlari natijalari qayta ko`rib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari bo`yicha imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi.

 

    Boshqa yangiliklar