Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qiyofadoshlari va bunkerlari haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Peskovning so`zlariga ko`ra, Putinning qiyofadoshlari borligi haqidagi xabarlar “yolg`on”.
“Ehtimol, Putin bunkerda bo`lganida uning o`rniga faoliyat olib boruvchi ko`plab qiyofadoshlari borligi haqida eshitgandirsiz. Yana bir yolg`on. Ko`ryapsizmi, bizda qanday prezident bor, u megafaol, uning yonida ishlaydiganlar zo`rg`a unga ergashamiz”, — dedi Peskov.
Kreml matbuot kotibi Putinning sog`lig`ida muammo yo`qligini ham qayd etdi.
“Unda bor sog`liqni faqat o`zingizga tilashingiz mumkin. Albatta, u hech qanday bunkerda o`tirmagan. Bu ham yolg`on va siz buni ko`rib turibsiz, hammasi ayon”, — deya qo`shimcha qildi u.






