2023 yil 7 apreldan 21 aprelga qadar yangi hosil ertagi kartoshkasining o`rtacha ulgurji narxi 1 kg uchun 16 000 dan 7 000 so`mgacha, ya`ni, ikki hafta ichida 2 barobardan ziyod pasaygan.O`z navbatida, tahlil etilayotgan davrda O`zbekiston ichki bozorida ushbu mahsulot bo`yicha taklif keskin oshganidan dalolatdir. Bu haqda EastFruit‘ning narxlar monitoringiga ko`ra ma`lum qilindi.
Yuqoridagi grafikdan ko`rinib turibdiki, O`zbekiston poytaxtida ertagi kartoshkaning birinchi ulgurji partiyalari paydo bo`lgan vaqtda ushbu mahsulotning o`rtacha ulgurji narxi o`tgan yilning shu sanasidagi ko`rsatkichdan 1,8 barobar yuqori bo`lgan. Biroq so`nggi ikki hafta ichida narxlarning bunday keskin pasayishi natijasida joriy ulgurji narxlar o`tgan yilning xuddi shu davridagi ko`rsatkichlarga tenglashdi.
Shu bilan birga, yangi kartoshka bo`yicha taklif keskin oshishi, ushbu mahsulot narxi keskin pasayishi va natijada o`tgan yilgi kartoshkaning ulgurji narxlari bilan farq qisqarishi o`tgan yilgi kartoshka narxiga ham ta`sir ko`rsatmoqda.
Natijada, o`tgan hafta o`tgan yilgi kartoshkaning ulgurji narxlari ham keskin pasayib, 2023 yil 14 apreldan 21 aprelga qadar ushbu mahsulotning o`rtacha ulgurji narxi 1 kg uchun 4000 dan 3000 so`mga, ya`ni, bir hafta ichida 25% ga pasaygan. 2023 yil 21 aprel holatiga ko`ra, o`tgan yilgi kartoshkaning o`rtacha ulgurji narxi o`tgan yilning shu sanasiga nisbatan 25 foizga past bo`ldi.