AsosiyJamiyat

Andijonda Nexia-3 bilan to`qnashgan Damas piyodani bosib ketdi (video)

'Andijonda Nexia-3 bilan to`qnashgan Damas piyodani bosib ketdi (video)'ning rasmi

2023 yil 24 aprel kuni soat 07:30 larda Asaka tumanida yashovchi 1991 yilda tug`ilgan D.I. o`zining Damas'ida tumanning "Kujgan" MFY hududida chap tomondan harakatlanib kelayotgan Asaka tumanida yashovchi 2002 yilda tug`ilgan J.Sh. boshqaruvida bo`lgan Nexia-3 bilan to`qnashuv sodir qilgan. Bu haqda Andijon viloyati IIB YHXB Matbuot xizmatining xabar berdi.

"To`qnashuv oqibatida, Damas yo`l chetida turgan Asaka tumanida yashovchi 1976 yilda tug`ilgan Q.E.ga borib urilgan. Q.E.ga hech qanday tan jarohati etmagan. Shuningdek, Damas'da bo`lgan Asaka tumanida yashovchi 1975 yilda tug`ilgan M.S. ham tan jarohati olmagan", - deyiladi xabarda.

To`qnashuv sababli Damas va Nexia-3 rusumli avtomashinalari moddiy zararlangan. Mazkur holat yuzasidan hozirda qo`shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar