Qozog`istonning Mang`istov viloyati Beyneu tumanida kuchli qum bo`roni sodir bo`ldi. Bu haqda "Tengrinews" xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, tuman hokimligi ko`rish darajasi keskin yomonlashgani oqibatida aholini zarur choralar ko`rish bo`yicha ogohlantirib, maktab o`quvchilarini ta`limning onlayn formatiga o`tkazgan.
"Ob-havoning keskin yomonlashuvi tufayli maktab o`quvchilari uchun darslar onlayn formatga o`tkazildi. Iltimos, maktab o`quvchilarini uydan chiqarmaslikka harakat qiling", deyiladi xabarda.
Tuman ma`muriyatining xabar berishicha, Beyneu hududidan o`tadigan yo`llarda keskin ob-havo sababli milisiya brigadalari kuchaytirilgan rejimda ishlaydi






