Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida haydovchi va YPX xodimi janjallashgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati ma`lumot berdi.
12 aprel kuni soat 17:40 larda fuqaro Q.M. Lacetti rusumli transport vositasini spirtli ichimlik iste`mol qilgan holda boshqarib, M-39 avtomobil yo`lining Kitob-Shahrisabz yo`nalishida boshqaruvni yo`qotgan va qarama-qarshi tomondan kelayotgan “Hamkor” rusumli motosikl bilan yo`l-transport hodisasi sodir etgan.
Shu vaqtda o`z xizmat vazifasini bajarayotgan Shahrisabz shahar IIB JXX YHXB katta inspektori yo`l-transport hodisasini prosessual rasmiylashtirish maqsadida haydovchini to`xtatib, Q.M.ning spirtli ichimlikdan mastlik holatini aniqlash uchun “alkotester” tekshiruvidan o`tkazmoqchi bo`lgan. Haydovchi YPX inspektorining qonuniy talabiga bo`ysunmasdan faol qarshilik ko`rsatib, YPX inspektorining xizmat faoliyatiga faol qarshilik ko`rsatgan.
Mazkur holat yuzasidan Q.M.ga nisbatan Shahrisabz shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, haydovchi prosessual tartibda ushlanib, qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






