Bugundan boshlab Uzbekistan Airways O`zbekiston va Indoneziya o`rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo`lga qo`ydi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Toshkent-Jakarta-Toshkent yo`nalishi bo`yicha parvozlar chorshanba kunlari Boeing 787 Dreamliner samolyotlarida amalga oshiriladi:
HY-541 Toshkent 09:00 - Jakarta 19:30
HY-542 Jakarta 21:00 - Toshkent 03:30 (payshanba)
Ma`lumot uchun, Jakartadan Indoneziyaning Bali oroliga qulay tutashuv reyslari mavjud.






