AsosiyJamiyat

Joriy yilning I-choragida iste`molchilardan 5 mingdan ortiq kelib tushgan murojaatlarning 87 %i ijobiy hal etildi – Qo`mita

'Joriy yilning I-choragida iste`molchilardan 5 mingdan ortiq kelib tushgan murojaatlarning 87 %i ijobiy hal etildi – Qo`mita'ning rasmi

Bugun, 26 aprel O`zbekiston Respublikasining “Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi Qonuni (1996 yil 26 aprel) qabul qilingan bo`lib, bugun roppa-rosa 27 yil bo`ldi. 

Ushbu kun munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasi tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida iste`molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilgan asosiy ishlar haqida ma`lumot berildi.

Unga ko`ra, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi va uning huzuridagi Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi faoliyati optimallashtirilgan holda alohida maqomga ega bo`lgan yagona organ – Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasi sifatida qayta tashkil etildi va bu orqali iste`molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholining huquqiy va iste`mol madaniyatini yuksaltirish, ichki bozorlarda sifatsiz tovarlar sotilishining oldini olish qo`mitaning asosiy faoliyat yo`nalishlaridan biri etib belgilandi.

Ma`lum qilinishicha, Qo`mitaga I-choragi davomida iste`molchilardan jami 5 277 ta murojaatlar kelib tushgan.

Murojaatlarning 36 foizi uy-joy kommunal, transport xizmatlari, 43 foizi savdo va umumiy ovqatlanish, 16 foiz aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar hamda 5 foizi reklama munosabatlari va boshqa masalalarga to`g`ri keladi
Mazkur murojaatlarning 87 foizi (4 590 ta) ijobiy hal etilgan va xuquqiy tushuntirishlar berilgan.

Murojaatlar bo`yicha o`tkazilgan o`rganishlarda 6 271 nafar iste`molchilarga 3,0 mlrd so`mdan ortiq miqdorda zarar etkazilganligi aniqlangan.

Shundan, 2,1 mlrd so`m (98,9 foiz) mablag` iste`molchilarga qayta hisob-kitob qilinishiga erishildi va qolgan mablag`larni iste`molchilarga qaytarish choralari ko`rilmoqda.

Shu bilan birga, iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish bo`yicha o`tkazilgan tizimli o`rganishlar, ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan ma`lumotlar asosida turli yo`nalishlarda 39 ta o`rganish va tahlillar o`tkazilgan.

Mazkur o`rganishlar va tahlillar natijasida 259 499 nafar iste`molchiga jami 23 mlrd so`m miqdorida ortiqcha mablag`lar hisoblanganligi aniqlangan hamda mazkur mablag`larni  iste`molchilarga qaytarish choralari ko`rilgan.

Tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilish maqsadida, tasdiqlangan reja-grafik asosida muntazam ravishda chakana savdoda tovarlar nazorat xaridini va ularni ekspertizadan o`tkazish ishlari yo`lga qo`yilgan.

Shunga ko`ra, jami 85 nomdagi mahsulotlarning nazorat xaridi amalga oshirilib (“Sifat nazorati” teleko`rsatuvi bilan hamkorlikda), ularning ekspertizadan o`tkazish natijalariga ko`ra, 13 nomdagi mahsulotlar normativ-texnik hujjatlar talablariga javob bermasligi aniqlangan. 

6 ta dori vositalari (qalbaki yoki davlat reestriga kiritilmagan) amaldagi texnik jihatdan tartibga solish hujjatlariga nomuvofiqligi aniqlanib, belgilangan tartibda chora ko`rish uchun vakolatli organlarga yuborilgan.

Shuni ta`kidlab o`tish lozimki, dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish ularni etkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat`i nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo`lmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qo`llanilgan holda amalga oshirilishi belgilangan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yildagi “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta`minlash yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga (26.10.2022 yildagi PQ-411-sonli) muvofiq, joriy yil 1 maydan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan dori vositalari uchun dorixonalar tomonidan taqdim etiladigan xarid cheki soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro`yxatdan o`tkazilganda dori vositalariga ustamalar yuqori qo`llanilganligi aniqlangan taqdirda Qo`mitaga xabar yuborilishi va ushbu ma`lumot asosida huquqbuzardan belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksining 164-moddasiga muvofiq jarima undirish belgilangan. 

Shu sababdan dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosida  qonunchilikda belgilangan cheklangan savdo ustamalariga roiya etishlarini so`raymiz.

    Boshqa yangiliklar