AsosiyJamiyat

Iste`molchilar qaytarib olgan keshbeklar miqdori 1 trln so`mdan oshdi

'Iste`molchilar qaytarib olgan keshbeklar miqdori 1 trln so`mdan oshdi'ning rasmi

Joriy yil mart oyida 2,2 mln nafarga yaqin iste`molchilar tomonidan 118 mlrd so`mdan ortiq  keshbek yig`ildi.

Ayni paytga qadar ularning 1,6 mln nafariga 76,3 mlrd so`m to`lab berilgan. Bu haqda Soliq qo`mitasi axborot xizmati ma`lum qildi.

Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida o`tgan oylar uchun yana 1,2 mlrd so`m keshbek tasdiqlangan. Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar esa 1 trln 79 mlrd so`mdan oshgan.

Qo`mitaning ma`lum qilishicha, tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan: 

  • soliq hisobotlari topshirilishi;
  • hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;
  • soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari ham avtomatik tarzda to`lab boriladi.

    Boshqa yangiliklar