AsosiyJamiyat

Andijonda shifokor bemorning eri va sheriklari tomonidan kaltaklandi

'Andijonda shifokor bemorning eri va sheriklari tomonidan kaltaklandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumanida shifokor kaltaklanganligi to`g`risida xabarlar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Andijon viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi Matbuot xizmati rasmiy izoh berdi.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 23 aprel sanasidan 24 aprelga o`tar kechasi Asaka tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch TTYo qabulxonasiga TTYo mashinasida hushsiz holdagi ayol olib kelingan. Tibbiyot xodimlari tomonidan o`rnatilgan tartibda kasalni ko`rish jarayonlarida bemorning yaqinlari bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelgan.

Ertasi kuni mojaro shifokorni taqib etgan holda, boshqa joydagi tibbiyot muassasasida davom etgan.

Aniqlanishicha, bemorning eri (sha`riy nikohdagi) va 3 ta sheriklari tomonidan 30 yoshli shifokor mashinaga solinib, olib ketilgan. Oqibatda ular shifokorni kaltaklab, og`ir jarohat etkazgan.

Hozirda kaltaklangan shifokor "Bosh miya og`ir jarohati, chayqalishi, chap quloq ezilgan-kesilgan jarohati" tashxisi bilan Respublika tibbiyot markazi muassasasi filialida davolanmoqda.

Holat huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan nazoratga olingan.

    Boshqa yangiliklar