AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi

'Shavkat Mirziyoev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan 26 aprel kuni bo`lib o`tgan telefon orqali muloqotida amaliy hamkorlikni kengaytirish, savdo munosabatlari sur`atini ta`minlash va etakchi korxonalarning kooperasiya loyihalarini qo`llab-quvvatlash masalalari  ko`rib chiqildi.

Ikki mamlakat etakchilari shu kunlarda o`tayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko`rgazmasining samarali natijalarini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar. Ushbu tadbirda 35 mamlakat biznesining 5 ming nafardan ziyod vakili ishtirok etmoqda.

Suhbat chog`ida avtomobilsozlik, temir yo`l transporti, farmasevtika, kimyo sanoati va boshqa ustuvor tarmoqlarda o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligi ta`kidlandi.

Sanoat ipotekasi, klasterlar, industrial rivojlanish jamg`armasi kabi vositalarni rivojlantirish borasidagi ilg`or tajribani o`rganishdan manfaatdorlik bildirildi.

Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.

Muloqot yakunida O`zbekiston Prezidenti Konstitusiya bo`yicha bo`lajak referendumning Rossiya Federasiyasi hududida o`tkazilishiga ko`rsatilayotgan ko`mak uchun Rossiya Prezidentiga samimiy minnatdorlik bildirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar