AsosiyJamiyat

25 yoshgacha xodimlar uchun to`langan ijtimoiy soliq ish beruvchilarga to`liq qoplab beriladi

'25 yoshgacha xodimlar uchun to`langan ijtimoiy soliq ish beruvchilarga to`liq qoplab beriladi'ning rasmi

"Yoshlarning bandligiga ko`maklashish hamda ularni doimiy ish bilan ta`minlashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" xabar bermoqda.

 Farmonga ko`ra, 2023 yil 1 maydan 2025 yil 1 yanvarga qadar ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg`armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo`lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada to`lovchilar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to`langan ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan to`liq qoplab beriladi.

Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan ettinchi oydan boshlab qoplab beriladi.
 

    Boshqa yangiliklar