AsosiyDunyo

Si Szinpin va Zelenskiy urush boshlangandan buyon ilk marta telefonlashdi

'Si Szinpin va Zelenskiy urush boshlangandan buyon ilk marta telefonlashdi'ning rasmi

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Ukrainada urush boshlanganidan beri birinchi marta Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbatini amalga oshirdi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi

Qayd etilishicha, bu xabarni Ukraina Prezidentining o`zi ham tasdiqlagan. 

“Men XXR Raisi bilan telefon orqali uzoq va mazmunli suhbatlashdim. O`ylaymanki, bu muloqot, shuningdek, Ukrainaning Xitoydagi elchisini tayinlash bizning ikki tomonlama munosabatlarimizni rivojlantirishga kuchli turtki beradi”, deb yozadi Zelenskiy o`zining Twitter'dagi sahifasida. 

Si Szinpin esa Pekin xalqaro vaziyatdan qat`iy nazar Kiev bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini ta`kidlagan. 

    Boshqa yangiliklar