AsosiyJamiyat

Namanganda bola o`g`rilari paydo bo`ldimi? Viloyat IIB aniqlik kiritdi(video)

'Namanganda bola o`g`rilari paydo bo`ldimi? Viloyat IIB aniqlik kiritdi(video)'ning rasmi

Namangan viloyatida bola o`g`rilari yurgani aytilgan video ijtimoiy tarmoqlarda ko`plab muhokamalarga sabab bo`ldi. Viloyat IIB mazkur videoga izoh berdi
 

Videodagi holat o`rganilganda aslida tasvirdagi shaxslar Andijon viloyatidan Namanganga qarz evaziga berilgan mablag`larini undirish maqsadida kelgani ma`lum bo`ldi. 

 

“Biz bola o`g`irlash maqsadida emas, boshqa maqsadda kelgan edik. Haqimizni olgani kelgan edik”, — deydi tasvirdagi ayol.

 

Shuningdek, videoni tasvirga olgan fuqaro ulardan shubhalanganini aytib, videoni faqat mahalla raisiga yuborganini ta`kidlagan. 

 

“Tanishim telefon qilib ko`chada shubhali shaxslar yurganini aytdi. Ko`chaga chiqsam, mayda bolalar o`ynaydigan joyda ikki kishi o`tirgan ekan. Oldimdan o`tib ketishayotganda kimligini so`radim ulardan. Keyin Turdixon degan shaxsni izlab kelishganini, ulardan qarzi borligini aytishdi. Bu erda unday inson yo`qligini, 15 yildan buyon shu mahallada yashashimni aytdim. Yana ham shubhalandim-da, ularni tasvirga oldim. Mahalla komiteti shaxsiyiga videoni yubordim”, — deydi ushbu videotasvir muallifi.

 

    Boshqa yangiliklar