AsosiyJamiyat

Surxondaryoda erkak onasiga “yaxshi qaramagani” uchun ukasining xotinini kaltakladi (video)

'Surxondaryoda erkak onasiga “yaxshi qaramagani” uchun ukasining xotinini kaltakladi (video)'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi fuqaro turmush o`rtog`ining akasi tomonidan kaltaklangani haqida xabar berilgan edi. Viloyat IIB holat yuzasidan ma`lumot berdi

Unga ko`ra, holat 21 aprel kuni soat 17:30 larda Denov tumani “Elobod” mahallasida sodir bo`lgan. Ushbu mahallada yashovchi Q.Y. qarindoshi J.M. ismli ayol bilan ilgaridan davom etib kelayotgan oilaviy nizolari sababli ayolning yashash uyida o`zaro janjallashib qolgan. Shundan so`ng ayol tanasining turli joylariga qo`llari bilan urib, tan jarohati etkazgan.

Denov tumani STEning dastlabki ma`lumotnomasiga ko`ra, “o`rtacha og`ir tan jarohatlari” deb baholanishi ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchi shaxs Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Tergov harakatlari Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.

    Boshqa yangiliklar