AsosiyJamiyat

Namanganda noma`lum erkak talaba qizga onasini o`ldirish bilan tahdid qildi

'Namanganda noma`lum erkak talaba qizga onasini o`ldirish bilan tahdid qildi'ning rasmi

Otasi chet davlatiga ishlash uchun ketgan talaba qizning ma`lum qilishicha, uni ta`qib qilgan bezori yigit hattoki onasini o`ldirish bilan qo`rqitgan.

Voqea tafsilotlariga ko`ra, Namangan viloyati Chortoq tumanida yashovchi talaba qiz noma`lum bir shaxs tomonidan doimiy ravishda telefon orqali qo`rqitib bezovta qilinayotgani bo`yicha Oliy Majlisning Inson huquqlari vakili (ombudsman) ishonch telefoniga  murojaat qilgan. Otasi chet davlatiga ishlash uchun ketgan murojaatchi qizning Ombudsmanga yozishicha, yigit uni va dugonalarini ko`p bora bezovta qilgan, hattoki, onasini o`ldirish bilan ham qo`rqitgan.

Mazkur murojaat zudlik bilan Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakiliga yuborilib, Chortoq tumani Ichki ishlar bo`limi xodimlari bilan birgalikda ko`rib chiqildi.

Olib borilgan o`rganishlar davomida, murojaatchini qo`rqitib kelgan shaxs shu tumanda yashovchi, 1991 yilda tug`ilgan  A.O.ekanligi aniqlanib, unga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va ish sudga oshirildi.

2023 yil aprel oyidagi Jinoyat ishlar bo`yicha Chortoq tuman sudining tegishli hukmiga ko`ra, 1991 yilda tug`ilgan A.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 41-moddasi qo`llanilib, unga eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Shuningdek, aybdor A.O. dan murojaatchi qizni qayta bezovta qilmasligi to`g`risida tilxat olindi.

    Boshqa yangiliklar