AsosiyJamiyat

Toshkentda maktab o`quvchisini “Lacetti“ urib ketdi

'Toshkentda maktab o`quvchisini “Lacetti“ urib ketdi'ning rasmi

Toshkent shahar Chilonzor tumanida Lacetti avtomobili maktab o`quvchisini urib yubordi. Ushbu holat yuzasidan shahar IIBB YHXB Axborot xizmati rasmiy ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, 27 aprel kuni soat 08:00 larda Chilonzor tumani Soybo`yi ko`chasi 168 - maktab qarshisida 1999 yilda tug`ilgan A.E. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyoda 168-maktabda tahsil oluvchi 2005 yilda tug`ilgan Sh.J.ni urib yuborgan.

Yo`l transport hodisasi natijasida piyoda Sh.J. tan jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek ushbu hududda yo`l transport hodisalarining kelgusida oldini olish maqsadida hududiy batalion komandiri tomonidan, yo`l infratuzilmalari o`rganilmoqda.  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar