O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkent shahridagi Xalqaro investisiya forumi doirasida Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nadni qabul qildi.
Ikki mamlakat o`rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishning birinchi galdagi chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Tadbirkorlar va hududlar darajasidagi kooperasiyani tubdan kengaytirishga alohida e`tibor qaratildi.
Yaqin oylarda to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlarni yo`lga qo`yish, chuqurlashgan sanoat kooperasiyasi uchun mo`ljallangan tuzilma shartlarini tez fursatda kelishish va faoliyatini boshlash muhim ekani ta`kidlandi.
Qishloq xo`jaligi, farmasevtika, transport va kommunikasiyalar, samarali moliyaviy vositalarni yaratish borasidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish ishlarini tezlashtirishga kelishib olindi.






