AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Evropa iqtisodiy komissiyasi Ijrochi kotibi Olga Algaerovani qabul qildi

'Shavkat Mirziyoev Evropa iqtisodiy komissiyasi Ijrochi kotibi Olga Algaerovani qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 27 aprel kuni ikkinchi Toshkent xalqaro investisiya forumi doirasida BMT Bosh kotibining o`rinbosari, Evropa iqtisodiy komissiyasi (EIK) Ijrochi kotibi Olga Algaerovani qabul qildi.

Uchrashuvda Barqaror rivojlanish maqsadlariga tezkor erishish borasida BMT institutlari, shu jumladan EIK bilan ko`p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko`rib chiqildi.

Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari uchun maxsus dastur doirasida samarali hamkorlik qilinayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tomonlar O`zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a`zo bo`lishi  hamda “Yashil makon” dasturini, yuk tashishlarni raqamlashtirish va to`qimachilik sanoati loyihalarini amalga oshirish   masalalarida almashinuvlarni davom ettirishdan manfaatdor ekanini ta`kidladi.

Suhbatda BMT EIK bilan ustuvor yo`nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

    Boshqa yangiliklar