Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Bulung`ur tumanida maktab o`quvchi qizlari o`rtasida janjal yuz bergani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati ma`lumot berdi.
Holat 25 aprel kuni soat 16:30 larda Bulung`ur tumani markazida joylashgan «Diyor» sport majmuasi maydonida sodir bo`lgan. Unda 22- va 23-sonli maktablarning 8-sinf o`quvchi qizlari bir-birlariga nisbatan turli haqoratli so`zlar aytgan va natijada janjalli holat yuzaga kelgan.
Janjal Bulung`ur tumani IIB tomonidan rasmiylashtirilib, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tekshiruv yakunlariga ko`ra, ushbu holat maktablarning jamoasi hamda ota-onalari ishtirokida muhokama qilinishi belgilangan.






