O`zgidromet shanba va yakshanba kunlari kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi.
Dam olish kunlari mamlakat hududining katta qismida havo ochiq va quyoshli bo`lishi kutilmoqda. Tog` oldi va tog`li hududlarda havo o`zgarib turadi, qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.
Yakshanba kuni respublikaning shimoli-g`arbiy hududlari bo`yicha shamol tezligi 18-23 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +28...+33 daraja atrofida bo`ladi.
Poytaxtda bugun kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi, kechga tomon qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat +28...+30 daraja bo`ladi.






