TTZdagi kafeda qafasda olmaxon saqlanayotgani aniqlangan. “Mehr va Oqibat” hayvonlarni muhofaza qilish jamiyati bu haqda Tabiat resurslari vazirligining Toshkent shahar boshqarmasiga murojaat qilgan.
Tabiat resurslari vazirligining ma`lum qilishicha, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida nazorat bo`yicha davlat inspeksiyasi xodimlari olmaxon saqlanayotgan joyga borib vaziyatni o`rganishgan. Qayd etilishicha, Mirzo Ulug`bek tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo`limida olmaxon tabiatga qo`yib yuborilgan.
Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda yovvoyi hayvonlarni, shu jumladan, olmaxonlarni tutish va saqlash qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.






