AsosiyJamiyat

Xorazmda ijarada yashovchi ayol uy egasi qiziga shilqimliq qilganini aytmoqda

'Xorazmda ijarada yashovchi ayol uy egasi qiziga shilqimliq qilganini aytmoqda'ning rasmi

Yangiariq tumanida ijarada yashovchi ayolning qiziga nisbatan shilqimlik sodir etilganligi to`g`risida ijtimoiy tarmoq orqali yo`llagan murojaati yo`lladi. Holat yuzasidan Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati ma`lumot taqdim etdi.

Qayd etilishicha, Yangiariq tumanida ijarada yashovchi, 1984 tug`ilgan fuqaro M.M. ijtimoiy tarmoq orqali murojaat yo`llab, murojaatida o`zi ijarada yashab kelayotgan xonadon egasi tomonidan qiziga nisbatan shilqimlik sodir etilganligini, mazkur xolat yuzasidan yordam berishlarini so`ragan.

Mazkur xolat yuzasidan murojaat muallifi M.M.ning 28 aprel kuni soat 12:35 da navbatchilik qismiga bergan xabariga asosan hodisa joyiga etib borgan Yangiariq tumani IIB tergov-tezkor guruhi va IIB Xotin-qizlar qizlar masalalari bo`yicha mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar