AsosiyJamiyat

Uzbekistan Airways Jakartaga muntazam aviaqatnovlarni yo`lga qo`ydi

'Uzbekistan Airways Jakartaga muntazam aviaqatnovlarni yo`lga qo`ydi'ning rasmi

2023 yilning 26 aprelidan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent va Jakarta o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri aviatashuvlarni qayta tikladi. Bu haqda milliy aviakompaniya xabar bermoqda.

Soekarno-Hatta xalqaro aeroportida havo kemasi an`anaviy tarzda suv arkasi bilan, etib kelgan reys ekipaji a`zolari esa gullar bilan kutib olindi.

Toshkent – Jakarta – Toshkent yo`nalishidagi parvozlar har haftaning chorshanba kunlari qulay, keng bort sahniga ega Boeing 787 Dreamliner havo kemasida amalga oshiriladi

Uzbekistan Airways bilan birgalikda Jakarta orqali Indoneziyaning eng go`zal go`shalari sanaladigan Bali, Yava, Sumarat va Kalimantan orollariga tashrif buyurishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar