AsosiyJamiyat

“Mening yo`lim”da takliflarga ovoz berish boshlandi

'“Mening yo`lim”da takliflarga ovoz berish boshlandi'ning rasmi

Tuman (shahar) byudjetlaridan ichki yo`llarni ta`mirlash uchun ajratilgan pullarning kamida 50 foizini fuqarolar taqsimlaydi. Bu borada “Mening yo`lim” loyihasida 10 317 ta tashabbus ro`yxatga olindi. Tashabbuslarga ovoz yig`ish jarayoni 7 maygacha davom etadi.

27 aprel kuni soat 18:00 da “Ochiq byudjet” portalida e`lon qilingan “Mening yo`lim” loyihasining joriy yilga mavsumiga taklif kiritish jarayoni yakunlandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborotiga ko`ra, loyihaning bu mavsumi uchun respublika bo`yicha 10 317 ta tashabbus ro`yxatga olingan.

Kiritilgan takliflarga ovoz berish jarayoni 27 apreldan boshlanib, 7 may kuni soat 18:00 ga qadar davom etadi.

“Mening yo`lim” loyihasining joriy yilgi mavsumi uchun byudjetdan 312 mlrd so`mdan ortiq mablag` ajratilgan.

Loyihadan maqsad – tuman (shahar) byudjetlarida hududiy ichki yo`llarni ta`mirlash uchun rejalashtirilgan mablag`larning kamida 50 foiz qismini fuqarolar fikri asosida yo`naltirilish.

    Boshqa yangiliklar