Farg`onada "naushnik" taqib, relsda o`tirgan 28 yoshli yigit yuk poezdi bosib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Uzreport xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Farg`ona viloyati Uchko`prik tumanida yashovchi 28 yoshli yigit tonggi soat 06:00 lar atrofida poezd yo`lida qulog`iga quloqchin taqib olib, yurib ketyotgan vaqtida yuk poezdi bosib ketishi oqibatida halok bo`lgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari temiryo`l yaqinida yashaydigan fuqarolarni, qoidalarga amal qilishini, poezd relsida yurmaslik, chorva mollarini boqmasliklarini so`rab qolmoqda.
29.04.2023 14:51
Farg`onada "naushnik" taqqan 28 yoshli yigitni poezd bosib ketdi






