AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev 2-3 may kunlari Germaniyaga boradi

'Shavkat Mirziyoev 2-3 may kunlari Germaniyaga boradi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning taklifiga binoan joriy yil 2-3 may kunlari tashrif bilan ushbu mamlakatda bo`ladi.

Tashrif dasturida Berlin shahrida Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer va Federal Kansler Olaf Shols bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazish ko`zda tutilgan.

O`zbekiston va Germaniya o`rtasidagi ko`p qirrali munosabatlarni yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko`rib chiqiladi, xalqaro kun tartibining turli jihatlari yuzasidan fikr almashiladi.

Germaniyaning etakchi kompaniyalari bilan innovasion-texnologik sheriklikni kengaytirishga qaratilgan istiqbolli loyiha va dasturlarni amalga oshirishga alohida e`tibor qaratiladi. Shu maqsadda davlatimiz rahbari ushbu mamlakat biznesining etakchilari bilan alohida uchrashuv o`tkazadi.

Tashrif chog`ida Jeyms Simons galereyasida “O`zbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan Kushonlar imperiyasigacha” nomli ko`rgazmaning ochilishi ham rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar