Bugun, 29 aprel kuni soat 13:54 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani "Rakat" mahallasi "Muqumiy" ko`chasida 2-yo`nalishdagi harakatlanib ketayotgan "Mersedes-Benz" rusumli avtobusda yong`in sodir bo`lganligi to`g`risida tuman FVBga xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shunga ko`ra 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 14:01 da etib borib, yong`in soat 14:08 da o`chirilgan.
Yong`in oqibatida avtobusning motor qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.
"Yong`in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori mutaxassislar tomonidan aniqlanmoqda" deyiladi xabarda.






