AsosiyJamiyat

Xalqaro moliya institutlari amalga oshirayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarga QQS bo`yicha imtiyoz qo`llaniladi

'Xalqaro moliya institutlari amalga oshirayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarga QQS bo`yicha imtiyoz qo`llaniladi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag`lari hisobidan O`zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan hamda olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) qo`shilgan qiymat solig`i bo`yicha imtiyozlarni qo`llash va soliqqa tortish tartibi to`g`risida”gi nizom qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" xabar bermoqda. 

Nizom bilan quyidagilar belgilandi:

 xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag`lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan va olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) QQS bo`yicha imtiyozlarni qo`llash;

 loyihalar doirasida qarz Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan qoplanadigan bo`lsa, tovarlarni olib kirish va tovarlarni (xizmatlarni) sotib olishda QQSni to`lash;

 Davlat byudjetidan QQSni to`lash uchun mablag` ajratilgunga qadar loyihani amalga ashirish guruhi yoki ijro agentligiga 120 kun muddatga QQSni kechiktirib to`lash huquqi berish;
 xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag`lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan va olib kiriladigan tovarlar (xizmatlar) bo`yicha to`lanadigan QQSni qoplab berish.

QQS bo`yicha imtiyozlarni qo`llash uchun loyha tashabbuskori (buyurtmachi) tomonidan bojxona organlariga loyihani moliyalashtirish manbalari to`g`risida tasdiqnoma taqdim etiladi.

To`liq yoki qisman xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag`laridan QQSni qoplash uchun foydalanishga yo`l qo`yilmaydi.

 Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan qoplanadigan loyihalar bo`lganda, qarz oluvchilarga QQSni to`lash uchun Davlat byudjetidan mablag`lar ajratiladi. 

 Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan qoplanmaydigan loyihalar bo`lganda, QQS uchun to`lovlar qarz oluvchilarning o`z mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.
 

    Boshqa yangiliklar