30 aprel kuni Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasidagi yuqori kuchlanishli elektr qurilmada nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod, Yangiyer va Xovos tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta`minotida uzilishlar kuzatilmoqda, deyiladi Energetika vazirligi bayonotida.
Ta`kidlash kerakki, ushbu hududlardagi referendum uchastkalar dizel generatorlari bilan ta`minlangan bo`lib, ularning elektr ta`minotida uzilish kuzatilmagan.
Mavjud etishmayotgan quvvatlar Toshkent va Navoiy issiqlik elektr stansiyalari va «Chorvoq» gidroelektr stansiyasining zaxira quvvatlari hisobidan ta`minlash choralari ko`rilmoqda.
Hozirda Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasining maxsus brigadalari tomonidan mazkur nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Nosozlik qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va hududlarning elektr ta`minoti qayta tiklanadi.






