AsosiyDunyo

AQShda kuchli tornado avtomobillarni ag`darib, daraxtlarni erdan qo`porib yubordi (video)

'AQShda kuchli tornado avtomobillarni ag`darib, daraxtlarni erdan qo`porib yubordi (video)'ning rasmi

The New York Times gazetasining yozishicha, 29 aprel kuni Florida janubida tornado sabab bo`lgan kuchli bo`ron uylarga zarar etkazgan va avtomobillarni ag`darib yuborgan. Halokatli tornado oqibatida qurbonlar yo`q. 

Tornado natijasida binolar vayron bo`lgan, elektr ta`minotida uzilishlar yuz bergan. NOAA bo`ronlarni bashorat qilish markazi ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli mintaqa uchun 2-darajali ogohlantirish e`lon qildi. 

Janubiy Florida shtatidagi Milliy ob-havo xizmati bugun ham bo`ron, yomg`ir va momaqaldiroqning kuchayishini taxmin qilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda aholi dovul oqibatlarini e`lon qilishmoqda. Video va suratda ag`darilib ketgan mashinalarni, uylarning oynalari singanini va qulagan daraxtlarni ko`rish mumkin.

    Boshqa yangiliklar