AsosiyJamiyat

Namangan viloyati hokimiga o`rinbosar tayinlandi

'Namangan viloyati hokimiga o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

Abduhamidov Akramjon Abduvahabovich Namangan viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari - viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig`i  lavozimiga tayinlandi.

Akramjon Abduhamidov 1973 yilda Namangan viloyati Yangiqo`rg`on tumanida tug`ilgan.

1997  yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2000 yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi bo`yicha iqtisodchi.

Mehnat faoliyatini 1997 yilda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mulkning davlat ulushi bo`yicha dividendlar hisoblanishi va foydalanishi ustidan nazorat qilish boshqarmasi 1-toifali iqtisodchisi vazifasidan boshlagan. 1999-2002 yillarda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qimmatli qog`ozlar va moliya bozori boshqarmasi bosh iqtisodchisi, bo`lim boshlig`i o`rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Abduhamidov Akramjon Abduvahabovich 2022 yildan tayinlovga qadar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Nazorat inspeksiyasi bosh konsultanti lavozimida ishlab kelayotgandi.

    Boshqa yangiliklar