O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning taklifiga binoan tashrif bilan ushbu mamlakatga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident axborot xizmati rahbari Sherzod Asadov xabar qildi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Berlin shahrida Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer va Federal Kansler Olaf Shols bilan muzokaralar, shuningdek, Germaniyaning etakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Germaniya poytaxtidagi Yangi muzey va Jeyms Simon galereyasida ochiladigan “O`zbekistonning arxeologik xazinalari. Aleksandr Makedonskiydan Kushonlar imperiyasigacha” nomli ko`rgazma bilan tanishish ko`zda tutilgan.






